حَدَّثَنَا قَبِيصَةُ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ مُرَّةَ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ الْحَارِثِ، عَنْ طَلِيقِ بْنِ قَيْسٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: اللَّهُمَّ أَعِنِّي وَلاَ تُعِنْ عَلَيَّ، وَانْصُرْنِي وَلاَ تَنْصُرْ عَلَيَّ، وَيَسِّرِ الْهُدَى لِي.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shunday duo qilar edilar: «Robbi aʼinni va lo tuʼin alayy, vansurni va lo tansur alayy, vamkur li va lo tamkur alayy, vahdini va yassir hudoya ilayy, vansurni alo man bagʻo alayy. Allohummajʼalni laka shokiran, laka zokiran, laka rohiban, laka mitvoʼan, ilayka muxbitan av muniban. Robbi taqabbal tavbati, vagʻsil havbati, va ajib daʼvati, va sabbit hujjati, vahdi qalbi, va saddid lisoni, vaslul saxiymata qalbi (Robbim, menga yordam ber, menga qarshi yordam berma; menga gʻalaba ber, menga qarshi gʻalaba berma; men foydamga tadbir qil, menga qarshi tadbir qilma; meni hidoyatga boshla va hidoyatimni menga oson qil; menga zulm qilganlar ustidan menga gʻalaba ber. Ey Alloh, meni Senga shukr qiluvchi, Seni zikr qiluvchi, Sendan qoʻrquvchi, Senga itoatkor, Senga tavozeli yoki Senga qaytuvchi qilgin. Robbim, tavbamni qabul qil, gunohimni yuvib tashla, duomni ijobat qil, dalilimni mustahkamla, qalbimni hidoyat qil, tilimni toʻgʻri qil va qalbimning gʻash-kekligini tortib olib chiqarib tashla)».