حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ بْنُ الصَّبَّاحِ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ ابْنِ أَبِي مُوسَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، أَنَّهُ كَانَ يَدْعُو بِهَذَا الدُّعَاءِ: رَبِّ اغْفِرْ لِي خَطِيئَتِي وَجَهْلِي، وَإِسْرَافِي فِي أَمْرِي كُلِّهِ، وَمَا أَنْتَ أَعْلَمُ بِهِ مِنِّي، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي خَطَئِي كُلَّهُ، وَعَمْدِي وَجَهْلِي وَهَزْلِي، وَكُلُّ ذَلِكَ عِنْدِي. اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي مَا قَدَّمْتُ وَمَا أَخَّرْتُ، وَمَا أَسْرَرْتُ وَمَا أَعْلَنْتُ، أَنْتَ الْمُقَدِّمُ وَأَنْتَ الْمُؤَخِّرُ، وَأَنْتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.
(Abu Muso (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qiladiki,) u zot mana shu duo bilan duo qilardilar:) «Robbigʻfir liy xatiati va jahliy va isrofiy fiy amriy kullih, va ma anta aʼlamu bihi minniy. Allohummagʻfir liy xatoyaya va amdiy va jahliy va hazliy, va kullu zalika indiy. Allohummagʻfir liy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma aʼlantu; antal-muqoddim, va antal-muaxxir, va anta ala kulli shayʼin qodiyr» (Robbim, mening xatoyimni, jaholatimni va barcha ishimdagi isrofimni — va Sen mendan koʻra yaxshi biladigan (gunohlarimni) — magʻfirat qil. Allohim, xatolarimni, qasddan (qilganlarim)ni, jaholatim va hazilimni — bularning bari menda bor — magʻfirat qil. Allohim, ilgari va keyin qilgan, yashirin va oshkor (qilgan) gunohlarimni magʻfirat qil; Sen (xohlaganingni) oldinga oʻtkazuvchi, (xohlaganingni) keyinga qoldiruvchisan, Sen har narsaga qodirsan). (Ubaydulloh ibn Muoz otasidan, u Shuʼbadan, u Abu Ishoqdan, u Abu Burda ibn Abu Musodan, u otasidan, u Paygʻambar ﷺdan shunga oʻxshashini rivoyat qildi.)