حَدَّثَنَا مُوسَى، قَالَ: حَدَّثَنَا سُكَيْنُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ قَيْسٍ، أَخْبَرَنِي أَبِي، أَنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ حَدَّثَهُ قَالَ: مَنْ نَزَلَ بِهِ هَمٌّ أَوْ غَمٌّ أَوْ كَرْبٌ أَوْ خَافَ مِنْ سُلْطَانٍ، فَدَعَا بِهَؤُلاَءِ اسْتُجِيبَ لَهُ: أَسْأَلُكَ بِلاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ، رَبُّ السَّمَاوَاتِ السَّبْعِ، وَرَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، وَأَسْأَلُكَ بِلاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ، رَبُّ السَّمَاوَاتِ السَّبْعِ، وَرَبُّ الْعَرْشِ الْكَرِيمِ، وَأَسْأَلُكَ بِلاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ رَبُّ السَّمَاوَاتِ السَّبْعِ وَالأَرَضِينَ السَّبْعِ وَمَا فِيهِنَّ، إِنَّكَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، ثُمَّ سَلِ اللَّهَ حَاجَتَكَ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u kishi aytdilar: «Kimga tashvish, gʻam yoki qaygʻu tushsa, yoxud u bir hukmdordan qoʻrqsa-yu, bularni oʻqib duo qilsa, unga ijobat qilinadi: ‹Sendan Oʻzingdan boshqa iloh yoʻq, yetti osmonning Robbi, ulugʻ Arshning Robbi boʻlgan Zoting ila soʻrayman; va Sendan Oʻzingdan boshqa iloh yoʻq, yetti osmonning Robbi, karamli Arshning Robbi boʻlgan Zoting ila soʻrayman; va Sendan Oʻzingdan boshqa iloh yoʻq, yetti osmon, yetti yer va ulardagi narsalarning Robbi boʻlgan Zoting ila soʻrayman, albatta Sen har narsaga qodirsan›. Soʻngra Allohdan hojatingni soʻra», dedilar.