حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ ذَرٍّ، عَنْ يُسَيْعَ، عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِنَّ الدُّعَاءَ هُوَ الْعِبَادَةُ، ثُمَّ قَرَأَ: {ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ}.
Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi, Nabiy ﷺ: «Duo — aynan ibodatdir», dedilar. Soʻngra: {Robbingiz dedi: ‹Menga duo qilinglar, sizlarga ijobat qilaman. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilganlar tez orada xor boʻlgan holda jahannamga kiradilar›} (Gʻofir 60) oyatini tilovat qildilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Buni Mansur va Aʼmash Zarrdan rivoyat qilishgan, biz uni faqat Zarrning hadisidan bilamiz. U Zarr ibn Abdulloh al-Hamdoniydir, ishonchli (siqa)dir, Umar ibn Zarrning otasidir.