حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَسْبَاطٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ حَبِيبِ بْنِ أَبِي ثَابِتٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبْزَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي قَالَ: لاَ تَسُبُّوا الرِّيحَ، فَإِذَا رَأَيْتُمْ مِنْهَا مَا تَكْرَهُونَ فَقُولُوا: اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذِهِ الرِّيحِ، وَخَيْرَ مَا فِيهَا، وَخَيْرَ مَا أُرْسِلَتْ بِهِ، وَنَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ هَذِهِ الرِّيحِ، وَشَرِّ مَا فِيهَا، وَشَرِّ مَا أُرْسِلَتْ بِهِ.
Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Shamolni soʻkmanglar. Yoqtirmaydigan narsangizni koʻrsangiz: ‹Allohumma inno nasaluka min xayri hazihir-riyh, va xayri mo fiho, va xayri mo umirat bihi, va naʼuzu bika min sharri hazihir-riyh, va sharri mo fiho, va sharri mo umirat bihi› (Ey Alloh, biz Sendan bu shamolning yaxshiligini, undagi narsaning yaxshiligini va u nimaga buyurilgan boʻlsa oʻshaning yaxshiligini soʻraymiz; bu shamolning yomonligidan, undagi narsaning yomonligidan va u nimaga buyurilgan boʻlsa oʻshaning yomonligidan Senga panoh tilaymiz), denglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.