حَدَّثَنَا قَبِيصَةُ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الْجُرَيْرِيِّ، عَنْ أَبِي الْوَرْدِ، عَنِ اللَّجْلاَجِ، عَنْ مُعَاذٍ قَالَ: مَرَّ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَلَى رَجُلٍ يَقُولُ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ تَمَامَ النِّعْمَةِ، قَالَ: هَلْ تَدْرِي مَا تَمَامُ النِّعْمَةِ؟ قَالَ: تَمَامُ النِّعْمَةِ دُخُولُ الْجَنَّةِ، وَالْفَوْزُ مِنَ النَّارِ. ثُمَّ مَرَّ عَلَى رَجُلٍ يَقُولُ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصَّبْرَ، قَالَ: قَدْ سَأَلْتَ رَبَّكَ الْبَلاَءَ، فَسَلْهُ الْعَافِيَةَ. وَمَرَّ عَلَى رَجُلٍ يَقُولُ: يَا ذَا الْجَلاَلِ وَالإِكْرَامِ، قَالَ: سَلْ.
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bir kishining: «Allohumma, men Sendan neʼmatning tamomini soʻrayman», deb duo qilayotganini eshitib: «Neʼmatning tamomi qaysi narsa?» dedilar. U: «Bu — men yaxshilik umid qilib qilgan bir duo», dedi. U zot: «Albatta neʼmatning tamomidan (biri) jannatga kirish va doʻzaxdan najot topishdir», dedilar. Yana bir kishining: «Yo Zal-Jaloli val-Ikrom», deyayotganini eshitib: «(Duoing) ijobat qilindi, endi soʻra», dedilar. Yana Nabiy ﷺ bir kishining: «Allohumma, men Sendan sabr soʻrayman», deyayotganini eshitib: «Sen Allohdan balo soʻrabsan, undan ofiyat (sogʻ-salomatlik) soʻragin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir.