حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ أَبِي بَكْرٍ، وَمُسْلِمٌ نَحْوَهُ، قَالاَ: حَدَّثَنَا الأَسْوَدُ بْنُ شَيْبَانَ، عَنْ أَبِي نَوْفَلِ بْنِ أَبِي عَقْرَبَ، أَنَّ أَبَاهُ سَأَلَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم عَنِ الصَّوْمِ، فَقَالَ: صُمْ يَوْمًا مِنْ كُلِّ شَهْرٍ، قُلْتُ: بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي، زِدْنِي، قَالَ: زِدْنِي، زِدْنِي، صُمْ يَوْمَيْنِ مِنْ كُلِّ شَهْرٍ، قُلْتُ: بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي، زِدْنِي، فَإِنِّي أَجِدُنِي قَوِيًّا، فَقَالَ: إِنِّي أَجِدُنِي قَوِيًّا، إِنِّي أَجِدُنِي قَوِيًّا، فَأَفْحَمَ، حَتَّى ظَنَنْتُ أَنَّهُ لَنْ يَزِيدَنِي، ثُمَّ قَالَ: صُمْ ثَلاَثًا مِنْ كُلِّ شَهْرٍ.
Abu Navfal ibn Abu Aqrab oʻz otasidan rivoyat qiladiki, u Nabiy ﷺ dan roʻza haqida soʻradi. U zot: «Har oyda bir kun roʻza tut», dedilar. U koʻproq soʻradi va: «Otam va onam sizga fido boʻlsin, men oʻzimni kuchli sezyapman», dedi. U zot yana ziyoda qilib: «Har oyda ikki kun roʻza tut», dedilar. U: «Otam va onam sizga fido boʻlsin, yo Rasululloh, men oʻzimni kuchli sezyapman», dedi. Rasululloh ﷺ: «Men oʻzimni kuchli sezyapman, men oʻzimni kuchli sezyapman (deysanmi)?» dedilar va ziyoda qilishga yaqinlashmadilar. U qattiq iltimos qilgach, Rasululloh ﷺ: «Har oyda uch kun roʻza tut», dedilar.