حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ قَالَ: قَالَ عَمْرٌو: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ: لاَ يَقُولَنَّ أَحَدُكُمْ لِشَيْءٍ لاَ يَعْلَمُهُ: اللَّهُ يَعْلَمُهُ ؛ وَاللَّهُ يَعْلَمُ غَيْرَ ذَلِكَ، فَيُعَلِّمَ اللَّهَ مَا لاَ يَعْلَمُ، فَذَاكَ عِنْدَ اللهِ عَظِيمٌ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Birortangiz oʻzi bilmagan bir narsa haqida: ‹Buni Alloh biladi›, deb aytmasin. (Holbuki) Alloh uni undan boshqacha bilishi mumkin. Shunda u oʻzi bilmagan narsani Allohga oʻrgatgan boʻladi. Bu esa Alloh nazdida ulkan (ish)dir».