حَدَّثَنَا عَلِيٌّ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ قَالَ: حَدَّثَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ حُنَيْنٍ بِالْجِعْرَانَةِ، وَالتِّبْرُ فِي حِجْرِ بِلاَلٍ، وَهُوَ يَقْسِمُ، فَجَاءَهُ رَجُلٌ فَقَالَ: اعْدِلْ، فَإِنَّكَ لاَ تَعْدِلُ، فَقَالَ: وَيْلَكَ، فَمَنْ يَعْدِلُ إِذَا لَمْ أَعْدِلُ؟ قَالَ عُمَرُ: دَعْنِي يَا رَسُولَ اللهِ، أَضْرِبُ عُنُقَ هَذَا الْمُنَافِقِ، فَقَالَ: إِنَّ هَذَا مَعَ أَصْحَابٍ لَهُ، أَوْ: فِي أَصْحَابٍ لَهُ، يَقْرَؤُونَ الْقُرْآنَ، لاَ يُجَاوِزُ تَرَاقِيَهُمْ، يَمْرُقُونَ مِنَ الدِّينِ كَمَا يَمْرُقُ السَّهْمُ مِنَ الرَّمِيَّةِ.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Hunayn kuni Jironada edilar, oltin (tibr) Bilolning etagida edi va u zot uni taqsimlab turardilar. Shunda bir kishi kelib: «Adolat qil, sen adolat qilmayapsan!» dedi. U zot: «Voy senga, agar men adolat qilmasam, kim adolat qiladi?» dedilar. Umar: «Yo Rasululloh, meni qoʻying, bu munofiqning boʻynini uray», dedi. U zot: «Bu (kishi) oʻz sheriklari bilan (birga)dir, ular Qurʼon oʻqiydilar, (lekin u) boʻgʻizlaridan oshib oʻtmaydi. Ular oʻq nishonni teshib oʻtganidek, dindan chiqib ketadilar», dedilar.