حَدَّثَنَا عِصَامٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَرِيزٌ، عَنْ سَلْمَانَ بْنِ سُمَيْرٍ الأَلَهَانِيِّ، عَنْ فَضَالَةَ بْنِ عُبَيْدٍ، وَكَانَ بِجَمْعٍ مِنَ الْمَجَامِعِ، فَبَلَغَهُ أَنَّ أَقْوَامًا يَلْعَبُونَ بِالْكُوبَةِ، فَقَامَ غَضْبَانَ يَنْهَى عَنْهَا أَشَدَّ النَّهْيِ، ثُمَّ قَالَ: أَلاَ إِنَّ اللاَّعِبَ بِهَا لَيَأْكُلُ ثَمَرَهَا، كَآكِلِ لَحْمِ الْخِنْزِيرِ، وَمُتَوَضِّئٍ بِالدَّمِ. يَعْنِي بِالْكُوبَةِ: النَّرْدَ.
Fazola ibn Ubayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U bir majlisda edi. Unga baʼzi odamlar kuba (nard) oʻynayotgani xabari yetdi. Shunda u gʻazablanib oʻrnidan turdi-da, undan qattiq qaytardi, soʻng: «Ogoh boʻlingki, uni oʻynagan kishi uning mevasini xuddi choʻchqa goʻshtini yegan va qonda tahorat olgan kishidek yeydi», dedi. Kuba deganda nardni nazarda tutdi.