حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يَعْقُوبَ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ الْمِقْدَامِ بْنِ شُرَيْحِ بْنِ هَانِئٍ الْحَارِثِيُّ، عَنْ أَبِيهِ الْمِقْدَامِ، عَنْ شُرَيْحِ بْنِ هَانِئٍ قَالَ: حَدَّثَنِي هَانِئُ بْنُ يَزِيدَ، أَنَّهُ لَمَّا وَفَدَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مَعَ قَوْمِهِ، فَسَمِعَهُمُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَهُمْ يُكَنُّونَهُ بِأَبِي الْحَكَمِ، فَدَعَاهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْحَكَمُ، وَإِلَيْهِ الْحُكْمُ، فَلِمَ تَكَنَّيْتَ بِأَبِي الْحَكَمِ؟ قَالَ: لاَ، وَلَكِنَّ قَوْمِي إِذَا اخْتَلَفُوا فِي شَيْءٍ أَتَوْنِي فَحَكَمْتُ بَيْنَهُمْ، فَرَضِيَ كِلاَ الْفَرِيقَيْنِ، قَالَ: مَا أَحْسَنَ هَذَا، ثُمَّ قَالَ: مَا لَكَ مِنَ الْوَلَدِ؟ قُلْتُ: لِي شُرَيْحٌ، وَعَبْدُ اللهِ، وَمُسْلِمٌ، بَنُو هَانِئٍ، قَالَ: فَمَنْ أَكْبَرُهُمْ؟ قُلْتُ: شُرَيْحٌ، قَالَ: فَأَنْتَ أَبُو شُرَيْحٍ، وَدَعَا لَهُ وَوَلَدِهِ.
Honiʼ ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U oʻz qavmi bilan Rasululloh ﷺ huzurlariga elchi boʻlib kelganida, ular uni Abul-Hakam kunyasi bilan chaqirayotganlarini eshitdilar. Shunda Rasululloh ﷺ uni chaqirib: «Albatta, Alloh — Hakamdir (hukm qiluvchidir) va hukm ham Unga xosdir. Sen nega Abul-Hakam deb kunya olgansan?» dedilar. U: «Qavmim biror narsada ixtilof qilsalar, oldimga kelishadi, men ular orasida hukm chiqaraman, ikkala tomon ham rozi boʻladi», dedi. Rasululloh ﷺ: «Bu naqadar yaxshi (ish)! Senda qanday farzandlar bor?» dedilar. U: «Shurayh, Muslim va Abdulloh», dedi. (Rasululloh ﷺ): «Ularning eng kattasi qaysisi?» dedilar. Men: «Shurayh», dedim. (U zot): «Unday boʻlsa, sen Abu Shurayhsan», dedilar. Abu Dovud aytadi: Bu Shurayh — zanjirni sindirgan kishidir va u Tustarga kirganlardandir. Abu Dovud aytadi: Menga yetishicha, Shurayh Tustar darvozasini sindirgan, chunki u (yer ostidagi) lahimdan kirgan edi.