حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ، قَالَ: أَخْبَرَنَا جَرِيرٌ، عَنْ قَابُوسَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: أَقْبَلَ نَبِيُّ اللهِ صلى الله عليه وسلم مُسْرِعًا وَنَحْنُ قُعُودٌ، حَتَّى أَفْزَعَنَا سُرْعَتُهُ إِلَيْنَا، فَلَمَّا انْتَهَى إِلَيْنَا سَلَّمَ، ثُمَّ قَالَ: قَدْ أَقْبَلْتُ إِلَيْكُمْ مُسْرِعًا، لِأُخْبِرَكُمْ بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ، فَنَسِيتُهَا فِيمَا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ، فَالْتَمِسُوهَا فِي الْعَشْرِ الأوَاخِرِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Nabiysi ﷺ shoshilgan holda kelib qoldilar, biz esa oʻtirgan edik. Hatto bizga tomon shoshilishlari bizni choʻchitib yubordi. U zot oldimizga yetib kelgach, salom berdilar, soʻng: «Men sizlarga Laylatul-qadr haqida xabar berish uchun shoshib keldim. Ammo men bilan sizlarning oraliqda uni unutib qoʻydim. Bas, uni oxirgi oʻn kunlikda izlanglar», dedilar.