حَدَّثَنَا صَدَقَةُ بْنُ الْفَضْلِ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ الْقَطَّانُ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ النَّبِيَّ غَيْرَ اسْمَ عَاصِيَةَ وَقَالَ: أَنْتِ جَمِيلَةُ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Osiya degan ismni oʻzgartirib: «Sen Jamilasan», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Buni Yahyo ibn Said al-Qatton Ubaydulloh, u Nofiʼ, u Ibn Umardan (deb) musnad qilib rivoyat qilgan. Baʼzilar esa buni Ubaydullohdan, u Nofiʼdan: «Umar (oʻzgartirdi)» deb rivoyat qilgan. Bu bobda Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Salom, Abdulloh ibn Mutiʼ, Oisha, Hakam ibn Saʼd, Muslim, Usoma ibn Axdariy, Shurayh ibn Honiʼ otasidan va Xaysama ibn Abdurrahmon otasidan (rivoyatlar) bor.