حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ قَالَ: حَدَّثَنِي مَعْنٌ قَالَ: حَدَّثَنِي عُمَرُ بْنُ سَلاَّمٍ، أَنَّ عَبْدَ الْمَلِكِ بْنَ مَرْوَانَ دَفَعَ وَلَدَهُ إِلَى الشَّعْبِيِّ يُؤَدِّبُهُمْ، فَقَالَ: عَلِّمْهُمُ الشِّعْرَ يَمْجُدُوا وَيُنْجِدُوا، وَأَطْعِمْهُمُ اللَّحْمَ تَشْتَدُّ قُلُوبُهُمْ، وَجُزَّ شُعُورَهُمْ تَشْتَدُّ رِقَابُهُمْ، وَجَالِسْ بِهِمْ عِلْيَةَ الرِّجَالِ يُنَاقِضُوهُمُ الْكَلامَ.
Abdulmalik ibn Marvon (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U farzandlarini tarbiyalash uchun Shaʼbiyga topshirib, unga shunday dedi: «Ularga sheʼr oʻrgat — sharaf va jasorat topsinlar. Ularni goʻsht bilan boqib tur — qalblari mustahkam boʻlsin. Sochlarini qirqib tur — boʻyinlari baquvvat boʻlsin. Ularni martabali, ulugʻ kishilar bilan birga oʻtqaz — ular bilan soʻzda bahslashib, (aql-idroklarini) charxlasinlar».