حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو عَامِرٍ الْعَقَدِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ قَالَ: سَمِعْتُ ابْنَ عُمَرَ يَقُولُ: قَدِمَ رَجُلاَنِ مِنَ الْمَشْرِقِ خَطِيبَانِ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم، فَقَامَا فَتَكَلَّمَا ثُمَّ قَعَدَا، وَقَامَ ثَابِتُ بْنُ قَيْسٍ، خَطِيبُ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَتَكَلَّمَ، فَعَجِبَ النَّاسُ مِنْ كَلاَمِهِمَا، فَقَامَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَخْطُبُ فَقَالَ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ، قُولُوا قَوْلَكُمْ، فَإِنَّمَا تَشْقِيقُ الْكَلاَمِ مِنَ الشَّيْطَانِ، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: إِنَّ مِنَ الْبَيَانِ سِحْرًا.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zamonlarida mashriqdan notiq boʻlgan ikki kishi keldi. Ular turib nutq soʻzladilar, soʻng oʻtirdilar. Keyin Rasulullohning ﷺ notigʻi Sobit ibn Qays turib gapirdi. Odamlar ularning soʻzlaridan hayratga tushishdi. Shunda Rasululloh ﷺ turib xutba qilar ekanlar: «Ey odamlar! Oʻz soʻzingizni (sodda qilib) ayting. Zero, soʻzni (haddan ortiq) bezab-chiroyli qilish shaytondandir», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Albatta, bayon (notiqlik)ning baʼzisida sehr bordir», dedilar.