حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ الْمُبَارَكِ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَطَاءٌ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: لاَ أَرَى أَحَدًا يَعْمَلُ بِهَذِهِ الْآيَةِ: {يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى} حَتَّى بَلَغَ: {إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللهِ أَتْقَاكُمْ}، فَيَقُولُ الرَّجُلُ لِلرَّجُلِ: أَنَا أَكْرَمُ مِنْكَ، فَلَيْسَ أَحَدٌ أَكْرَمَ مِنْ أَحَدٍ إِلا بِتَقْوَى اللهِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U: «Men bu oyatga amal qiladigan biror kishini koʻrmayapman», dedi: {Ey odamlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik} — toki {Albatta, sizlarning Alloh huzuringizdagi eng karamlingiz — eng taqvodoringizdir} (oyatigacha) (Hujurot, 13). «Kishi boshqa kishiga: ‹Men sendan karamliroqman›, deydi. Holbuki, hech kim boshqasidan Allohga taqvosidan boshqa narsa bilan karamliroq emas», dedi.