حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ صَالِحٍ الْمِصْرِيُّ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ يَحْيَى الْكَلْبِيِّ، قَالَ: حَدَّثَنَا الزُّهْرِيُّ، قَالَ: أَخْبَرَنَا أَبُو سَلَمَةَ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: بَيْنَمَا رَاعٍ فِي غَنَمِهِ، عَدَا عَلَيْهِ الذِّئْبُ فَأَخَذَ مِنْهُ شَاةً، فَطَلَبَهُ الرَّاعِي، فَالْتَفَتَ إِلَيْهِ الذِّئْبُ فَقَالَ: مَنْ لَهَا يَوْمَ السَّبُعِ؟ لَيْسَ لَهَا رَاعٍ غَيْرِي، فَقَالَ النَّاسُ: سُبْحَانَ اللهِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: فَإِنِّي أُؤْمِنُ بِذَلِكَ، أَنَا وَأَبُو بَكْرٍ وَعُمَرُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir kishi ortiga yuk ortgan sigirini haydab borayotgan edi, sigir unga oʻgirilib: ‹Men buning uchun yaratilmaganman, men faqat yer haydash uchun yaratilganman›, dedi». Shunda odamlar hayrat va qoʻrquv ila: «Subhonalloh! Sigir gapiradimi?» dedilar. Rasululloh ﷺ: «Men bunga ishonaman, Abu Bakr va Umar ham (ishonadilar)», dedilar. Abu Hurayra dedi: Rasululloh ﷺ (yana shunday) dedilar: «Bir choʻpon oʻz qoʻylari ichida (yurar) edi, unga boʻri tashlanib, undan bir qoʻyni olib qochdi. Choʻpon uni quvib, qoʻyni undan tortib oldi. Shunda boʻri unga oʻgirilib: ‹Yirtqich kuni — mendan boshqa choʻponi boʻlmagan kunda — uni kim (himoya) qiladi?› dedi». Shunda odamlar: «Subhonalloh!» dedilar. Rasululloh ﷺ: «Men bunga ishonaman, men va Abu Bakr va Umar (ishonamiz)», dedilar.