حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ بُكَيْرٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ ثَابِتِ بْنِ قَيْسٍ، أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ قَالَ: أَخَذَتِ النَّاسَ الرِّيحُ فِي طَرِيقِ مَكَّةَ، وَعُمَرُ حَاجٌّ، فَاشْتَدَّتْ، فَقَالَ عُمَرُ لِمَنْ حَوْلَهُ: مَا الرِّيحُ؟ فَلَمْ يَرْجِعُوا بِشَيْءٍ، فَاسْتَحْثَثْتُ رَاحِلَتِي فَأَدْرَكْتُهُ، فَقُلْتُ: بَلَغَنِي أَنَّكَ سَأَلْتَ عَنِ الرِّيحِ، وَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: الرِّيحُ مِنْ رَوْحِ اللهِ، تَأْتِي بِالرَّحْمَةِ، وَتَأْتِي بِالْعَذَابِ، فَلاَ تَسُبُّوهَا، وَسَلُوا اللَّهَ خَيْرَهَا، وَعُوذُوا مِنْ شَرِّهَا.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Makka yoʻlida odamlarni shamol tutdi, Umar hajda edi. Shamol kuchaydi. Umar atrofidagilarga: ‹Shamol nima?›, dedi. Ular biror javob qaytarmadilar. Men tuyamni tezlatib, unga yetib oldim-da: ‹Shamol haqida soʻraganingiz menga yetdi. Men Rasululloh ﷺdan: «Shamol Allohning rahmatidandir, rahmat ham keltiradi, azob ham keltiradi. Uni haqoratlamanglar, Allohdan uning yaxshiligini soʻranglar va yomonligidan panoh tilanglar», deganlarini eshitganman›, dedim», dedi.