حَدَّثَنَا مَكِّيُّ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ: أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا رَأَى مَخِيلَةً دَخَلَ وَخَرَجَ، وَأَقْبَلَ وَأَدْبَرَ، وَتَغَيَّرَ وَجْهُهُ، فَإِذَا مَطَرَتِ السَّمَاءُ سُرِّيَ، فَعَرَّفَتْهُ عَائِشَةُ ذَلِكَ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: وَمَا أَدْرِي لَعَلَّهُ كَمَا قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ: {فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ}.
Ato (Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha: «Agar Paygʻambar ﷺ osmonda bir bulutni koʻrsa, u zot bezovta boʻlib u yoqdan-bu yoqqa yurar, chiqib-kirar va yuzining rangi oʻzgarar edi; agar yomgʻir yogʻsa, u zot yengil tortardi», — dedi. Bas, Oisha u zotning bu holatini (sezib) bildi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Men bilmayman (yaʼni qoʻrqaman), bu — Qurʼonda quyidagi oyatda zikr qilingan baʼzi odamlar boshiga tushgan (azob)ga oʻxshash boʻlishi mumkin: ‹Bas, ular uni (azobni) — vodiylari tomon kelayotgan quyuq bulut holida — koʻrganlarida: «Bu — bizga yomgʻir keltiruvchi bulut!» — dedi. Yoʻq, balki bu — sizlar tezlatishni soʻragan (azob)dir — ichida ogʻir azob (boʻlgan) bir shamoldir› (Ahqof, 24)», — dedi.