حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنِي عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ مُحَمَّدٍ، عَنْ سُهَيْلِ بْنِ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ مُكْمِلٍ، عَنْ أَيُّوبَ بْنِ بَشِيرٍ الْمُعَاوِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لاَ يَكُونُ لأَحَدٍ ثَلاَثُ بَنَاتٍ، أَوْ ثَلاَثُ أَخَوَاتٍ، فَيُحْسِنُ إِلَيْهِنَّ، إِلاَّ دَخَلَ الْجَنَّةَ.
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Sizlardan birovning uchta qizi yoki uchta singlisi boʻlib, ularga yaxshilik qilsa, albatta, jannatga kiradi», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Oisha, Uqba ibn Omir, Anas, Jobir va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abu Said al-Xudriyning ismi Saʼd ibn Molik ibn Sinondir, Saʼd ibn Abu Vaqqos esa Saʼd ibn Molik ibn Vuhaybdir. (Roviylar) bu isnodga bir kishini ziyoda qilganlar.