حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ صَالِحٍ قَالَ: حَدَّثَنِي اللَّيْثُ قَالَ: حَدَّثَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ قَالَ: اشْتَكَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم، فَصَلَّيْنَا وَرَاءَهُ وَهُوَ قَاعِدٌ، وَأَبُو بَكْرٍ يُسْمِعُ النَّاسَ تَكْبِيرَهُ، فَالْتَفَتَ إِلَيْنَا فَرَآنَا قِيَامًا، فَأَشَارَ إِلَيْنَا فَقَعَدْنَا، فَصَلَّيْنَا بِصَلاَتِهِ قُعُودًا، فَلَمَّا سَلَّمَ قَالَ: إِنْ كِدْتُمْ لَتَفْعَلُوا فِعْلَ فَارِسَ وَالرُّومِ، يَقُومُونَ عَلَى مُلُوكِهِمْ وَهُمْ قُعُودٌ، فَلاَ تَفْعَلُوا، ائْتَمُّوا بِأَئِمَّتِكُمْ، إِنْ صَلَّى قَائِمًا فَصَلُّوا قِيَامًا، وَإِنْ صَلَّى قَاعِدًا فَصَلُّوا قُعُودًا.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ betob boʻlib qoldilar. Bas, biz u zotning orqalarida namoz oʻqidik, u zot esa oʻtirgan edilar. Abu Bakr u zotning takbirini odamlarga eshittirar edi. Shunda u zot bizga qaradilar va bizni tik turgan holda koʻrdilar. Bas, bizga ishora qildilar, biz oʻtirdik va u zotning namozlariga ergashib oʻtirgan holda namoz oʻqidik. Salom berganlarida: «Hozir sizlar Fors va Rum (ahli)ning ishini qiladigan boʻlib qoldingiz: ular podshohlari oʻtirgan holda, ularning ustida (tik) turishadi. Bas, bunday qilmanglar; imomlaringizga ergashinglar. (Imom) tik turib namoz oʻqisa, sizlar ham tik turib oʻqinglar; oʻtirib namoz oʻqisa, sizlar ham oʻtirib oʻqinglar», — dedilar.