قَالَ: وَوُلِدَ لِفُلاَنٍ مِنَ الأَنْصَارِ غُلامٌ، فَسَمَّاهُ مُحَمَّدًا، فَقَالَتِ الأنْصَارُ: لا نُكَنِّيكَ بِرَسُولِ اللهِ. حَتَّى قَعَدْنَا فِي الطَّرِيقِ نَسْأَلُهُ عَنِ السَّاعَةِ، فَقَالَ: جِئْتُمُونِي تَسْأَلُونِي عَنِ السَّاعَةِ؟ قُلْنَا: نَعَمْ، قَالَ: مَا مِنْ نَفْسٍ مَنْفُوسَةٍ، يَأْتِي عَلَيْهَا مِئَةُ سَنَةٍ، قُلْنَا: وُلِدَ لِفُلاَنٍ مِنَ الأَنْصَارِ غُلاَمٌ فَسَمَّاهُ مُحَمَّدًا، فَقَالَتِ الأنْصَارُ: لا نُكَنِّيكَ بِرَسُولِ اللهِ، قَالَ: أَحْسَنَتِ الأَنْصَارُ، سَمُّوا بِاسْمِي، ولا تَكْتَنُوا بِكُنْيَتِي.
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ansorlardan bir kishining oʻgʻli tugʻilib, uni Muhammad deb nomladi. Shunda ansorlar: «Biz seni Rasululloh ﷺning kunyasi bilan kunyalamaymiz», dedilar. Keyin biz yoʻlda oʻtirib, u zotdan Qiyomat soati haqida soʻradik. U zot: «Mendan soat haqida soʻragani keldingizmi?» dedilar. Biz: «Ha», dedik. U zot: «Bugun mavjud boʻlgan hech bir jonga yuz yil kelmaydi (yuz yildan keyin ulardan hech kim qolmaydi)», dedilar. Biz: «Ansorlardan bir kishining oʻgʻli tugʻilib, uni Muhammad deb nomlagan edi. Ansorlar: ‹Biz seni Rasululloh ﷺning kunyasi bilan kunyalamaymiz›, dedilar», dedik. U zot: «Ansorlar yaxshi qilibdilar. Mening ismim bilan nomlanglar, lekin mening kunyam bilan kunyalanmanglar», dedilar.