حَدَّثَنَا عُثْمَانُ الْمُؤَذِّنُ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَوْفٌ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ عُتَيِّ بْنِ ضَمْرَةَ قَالَ: رَأَيْتُ عِنْدَ أُبَيٍّ رَجُلاً تَعَزَّى بِعَزَاءِ الْجَاهِلِيَّةِ، فَأَعَضَّهُ أُبَيٌّ وَلَمْ يُكْنِهِ، فَنَظَرَ إِلَيْهِ أَصْحَابُهُ، قَالَ: كَأَنَّكُمْ أَنْكَرْتُمُوهُ؟ فَقَالَ: إِنِّي لاَ أَهَابُ فِي هَذَا أَحَدًا أَبَدًا، إِنِّي سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: مَنْ تَعَزَّى بِعَزَاءِ الْجَاهِلِيَّةِ فَأَعِضُّوهُ وَلا تَكْنُوهُ.
Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Uning oldida bir kishi johiliyat daʼvosi bilan (nasabiga) faxrlandi. Shunda Ubay unga otasining avrat aʼzosini tishlashni ochiq (kinoyasiz) buyurdi. Sahobalari unga ajablanib qaradilar. U: «Sizlar buni yoqtirmagandek koʻrinasizlar», dedi. Soʻng: «Men bu haqda hech qachon hech kimdan qoʻrqmayman. Chunki men Nabiy ﷺning: ‹Kim johiliyat daʼvosi bilan faxrlansa, unga otasining avrat aʼzosini tishlashni ochiq buyuringlar va kinoya qilmanglar›, deganlarini eshitganman», dedi.