حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سُلَيْمَانَ قَالَ: حَدَّثَنِي ابْنُ وَهْبٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي حَيْوَةُ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ مُسْلِمٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: بَيْنَمَا نَحْنُ جُلُوسٌ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي ظِلِّ شَجَرَةٍ بَيْنَ مَكَّةَ وَالْمَدِينَةِ، إِذْ جَاءَ أَعْرَابِيٌّ مِنَ أَجْلَفِ النَّاسِ وَأَشَدِّهِمْ فَقَالَ: السَّلامُ عَلَيْكُمْ، فَقَالُوا: وَعَلَيْكُمُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Paygʻambar ﷺ bilan oʻtirgan paytimizda, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men halok boʻldim», — dedi. Allohning Rasuli ﷺ undan — nima gap, deb — soʻradilar. U: «Men roʻzador holda zavjam bilan jinsiy yaqinlik qildim», — dedi. Allohning Rasuli ﷺ undan: «Bir qul ozod qilishga qodirmisan?» — deb soʻradilar. U ‹yoʻq› (deb javob berdi). Allohning Rasuli ﷺ undan: «Ikki oy ketma-ket roʻza tuta olasanmi?» — deb soʻradilar. U ‹yoʻq› (deb javob berdi). Paygʻambar ﷺ undan: «Oltmish kambagʻalni taomlantirishga qodirmisan?» — deb soʻradilar. U ‹yoʻq› (deb javob berdi). Paygʻambar ﷺ jim turdilar va biz shu holda (turgan paytimizda), Paygʻambar ﷺ ga xurmoga toʻla katta bir savat keltirildi. U zot: «Soʻrovchi qayerda?» — dedilar. U: «Men (shu yerda)», — dedi. Paygʻambar ﷺ (unga): «Mana buni olib, sadaqa qil», — dedilar. U kishi: «Oʻzimdan kambagʻalroq kishigami? Allohga qasamki, (Madina)ning ikki togʻi orasida mendan kambagʻalroq biror oila yoʻq», — dedi. Paygʻambar ﷺ — oziq (kurak) tishlari koʻringuncha — kuldilar, soʻng: «Uni oʻz oilang bilan yeb qoʻy», — dedilar.