حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ يُوسُفَ، قَالَ: أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ أَبِي النَّضْرِ، أَنَّ أَبَا مُرَّةَ مَوْلَى أُمِّ هَانِئِ ابْنَةِ أَبِي طَالِبٍ أَخْبَرَهُ، أَنَّهُ سَمِعَ أُمَّ هَانِئٍ تَقُولُ: ذَهَبْتُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يَغْتَسِلُ، فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ، فَقَالَ: مَنْ هَذِهِ؟ قُلْتُ: أُمُّ هَانِئٍ، قَالَ: مَرْحَبًا.
Ummu Honiʼ (Abu Tolibning qizi) (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Makka fathi kuni Allohning Rasuli ﷺ ning oldiga bordim va u zotni — gʻusl qilayotgan, qizi Fotima esa unga toʻsiq (parda) boʻlib turgan holda — topdim. Men unga salom berdim va u: «Bu kim?» — deb soʻradi. Men: «Men — Ummu Honiʼ bint Abu Tolib», — dedim. U: «Marhabo, ey Ummu Honiʼ», — dedi. U zot gʻuslni tugatgach, (oʻrnidan) turib, bir kiyim ichida sakkiz rakaat (namoz) oʻqidi. Men: «Yo Rasululloh! Akam Ali — men panoh bergan bir kishini oʻldiraman, deb aytdi. U kishi — falon ibn Hubayra», — dedim. Allohning Rasuli ﷺ: «Ey Ummu Honiʼ! Sen kimga panoh bergan boʻlsang, biz (ham) unga panoh beramiz», — dedi (Ummu Honiʼ: «U (tashrif) zuho (yaʼni choshgoh) vaqtida boʻlgan edi», — dedi).