حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا ابْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ ابْنِ جُدْعَانَ، قَالَ ثَابِتٌ لأَنَسٍ: أَمَسَسْتَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم بِيَدِكَ؟ قَالَ: نَعَمْ، فَقَبَّلَهَا.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Sobit undan: «Nabiy ﷺga qoʻling bilan tegib koʻrganmisan?» deb soʻradi. U: «Ha», dedi. Shunda Sobit uning qoʻlini oʻpdi.