حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مِسْعَرٍ، عَنْ مُوسَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كُنْتُ آكُلُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم حَيْسًا، فَمَرَّ عُمَرُ، فَدَعَاهُ فَأَكَلَ، فَأَصَابَتْ يَدُهُ إِصْبَعِي، فَقَالَ: حَسِّ، لَوْ أُطَاعُ فَيَكُنَّ مَا رَأَتْكُنَّ عَيْنٌ. فَنَزَلَ الْحِجَابُ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ bilan birga xays (xurmo va sariyogʻdan tayyorlangan taom) yeb oʻtirardim. Shu payt Umar oʻtib qoldi. U zot ﷺ uni chaqirdilar, u ham (taomdan) yedi. Yeyotganda uning qoʻli mening barmogʻimga tegib ketdi. Shunda (Umar): «Voy! Agar menga (gapimga) itoat qilinganda edi, sizlarni (ayollarni) hech bir koʻz koʻrmagan boʻlardi», dedi. Shundan soʻng hijob (oyati) nozil boʻldi.