حَدَّثَنَا بَيَانُ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ بْنُ أَبِي سُلَيْمَانَ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ فِيمَنْ يَسْتَأْذِنُ قَبْلَ أَنْ يُسَلِّمَ قَالَ: لاَ يُؤْذَنُ لَهُ حَتَّى يَبْدَأَ بِالسَّلامِ.
Jobir (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan birga xavf namozida hozir boʻldik. Biz u zotning orqalarida ikki saf boʻlib turdik, dushman esa biz bilan qibla oraligʻida edi. Rasululloh ﷺ takbir aytdilar, biz ham takbir aytdik, u zot rukuʼ qildilar, biz ham rukuʼ qildik, u zot bosh koʻtardilar, biz ham bosh koʻtardik. U zot sajdaga engashganlarida, Rasululloh ﷺ va u zotga yaqin turgan saf sajda qildi, Rasululloh ﷺ bosh koʻtarganlarida esa ikkinchi saf tik turdi. Soʻng Rasululloh ﷺ va u zotga yaqin saf bosh koʻtarganlarida, ikkinchi saf oʻz joylarida sajda qildi. Soʻng Nabiy ﷺ ga yaqin turgan saf orqaga chekindi, boshqa saf oldinga oʻtib, ularning oʻrniga turdi, bular esa anavilarning oʻrniga tik turishdi. Nabiy ﷺ rukuʼ qildilar, biz ham rukuʼ qildik, soʻng u zot bosh koʻtardilar, biz ham bosh koʻtardik. U zot sajdaga engashganlarida, u zotga yaqin turganlar sajda qildi, boshqalari esa tik turdi. Rasululloh ﷺ va u zotga yaqin turganlar bosh koʻtarganlarida, boshqalari sajda qildi. Soʻng salom berdilar.