وَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: إِنَّمَا جُعِلَ الإِذْنُ مِنْ أَجْلِ الْبَصَرِ.
Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh ﷺ ning eshigidagi teshikdan (ichkariga) qaradi. Rasululloh ﷺ ning yonlarida boshlarini qashlaydigan bir tarogʻ (asbob) bor edi. Rasululloh ﷺ uni koʻrganlarida: «Agar sen meni (poylab) qarayotganingni bilganimda, uni koʻzingga sanchgan boʻlardim» dedilar. Hamda Rasululloh ﷺ: «Ruxsat soʻrash faqat (begona) nigohdan (saqlanish) uchun joriy qilingan» dedilar.