حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ تَلِيدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي عَاصِمُ بْنُ حَكِيمٍ، أَنَّهُ سَمِعَ يَحْيَى بْنَ أَبِي عَمْرٍو السَّيْبَانِيَّ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ الْجُهَنِيِّ، أَنَّهُ مَرَّ بِرَجُلٍ هَيْئَتُهُ هَيْئَةُ مُسْلِمٍ، فَسَلَّمَ، فَرَدَّ عَلَيْهِ: وَعَلَيْكَ وَرَحْمَةُ اللهِ وَبَرَكَاتُهُ، فَقَالَ لَهُ الْغُلاَمُ: إِنَّهُ نَصْرَانِيٌّ، فَقَامَ عُقْبَةُ فَتَبِعَهُ حَتَّى أَدْرَكَهُ فَقَالَ: إِنَّ رَحْمَةَ اللهِ وَبَرَكَاتَهُ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ، لَكِنْ أَطَالَ اللَّهُ حَيَاتَكَ، وَأَكْثَرَ مَالَكَ وَوَلَدَكَ.
Uqba ibn Omir al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u koʻrinishi musulmonga oʻxshagan bir kishining yonidan oʻtdi. Oʻsha kishi salom berdi, (Uqba) unga: «Va alayka va rahmatullohi va barakotuh», deb javob qaytardi. Shunda xizmatkor unga: «U nasroniy-ku», dedi. Uqba oʻrnidan turib, unga yetguncha ergashdi va: «Allohning rahmati va barakotlari moʻminlar uchundir. Lekin Alloh umringni uzun, molingni va bolalaringni koʻp qilsin», dedi.