حَدَّثَنَا ابْنُ رَافِعٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ قَالَ: حَدَّثَنِي مُوسَى بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَتْنَا عَائِشَةُ بِنْتُ طَلْحَةَ قَالَتْ: قُلْتُ لِعَائِشَةَ، وَأَنَا فِي حِجْرِهَا، وَكَانَ النَّاسُ يَأْتُونَهَا مِنْ كُلِّ مِصْرٍ، فَكَانَ الشُّيُوخُ يَنْتَابُونِي لِمَكَانِي مِنْهَا، وَكَانَ الشَّبَابُ يَتَأَخَّوْنِي فَيُهْدُونَ إِلَيَّ، وَيَكْتُبُونَ إِلَيَّ مِنَ الأَمْصَارِ، فَأَقُولُ لِعَائِشَةَ: يَا خَالَةُ، هَذَا كِتَابُ فُلاَنٍ وَهَدِيَّتُهُ، فَتَقُولُ لِي عَائِشَةُ: أَيْ بُنَيَّةُ، فَأَجِيبِيهِ وَأَثِيبِيهِ، فَإِنْ لَمْ يَكُنْ عِنْدَكِ ثَوَابٌ أَعْطَيْتُكِ، فَقَالَتْ: فَتُعْطِينِي.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Oisha binti Talha aytadi: men uning tarbiyasida edim. Odamlar unga har shahardan kelib turishardi. Undagi oʻrnim tufayli keksalar mening oldimga kelishar, yigitlar esa meni singildek koʻrib, menga hadyalar berishar va turli shaharlardan menga xat yozishardi. Men Oishaga: «Ey xola, mana falonchining xati va sovgʻasi», derdim. Oisha menga: «Ey qizaloq, unga javob yoz va sovgʻasiga mukofot ber. Agar oldingda beradigan narsang boʻlmasa, men senga beraman», derdi. Shunday qilib, u menga (beradigan narsani) berardi.