حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدِ اللهِ، قَالَ: حَدَّثَنَا الدَّرَاوَرْدِيُّ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالْجُلُوسَ فِي الطُّرُقَاتِ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا لَنَا بُدٌّ مِنْ مَجَالِسِنَا نَتَحَدَّثُ فِيهَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: أَمَّا إِذْ أَبَيْتُمْ، فَأَعْطُوا الطَّرِيقَ حَقَّهُ، قَالُوا: وَمَا حَقُّ الطَّرِيقِ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: غَضُّ الْبَصَرِ، وَكَفُّ الأَذَى، وَالأَمْرُ بِالْمَعْرُوفِ، وَالنَّهْيُ عَنِ الْمُنْكَرِ.
(Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qilishicha,) Paygʻambar ﷺ: «Yoʻllarda oʻtirishdan saqlaninglar» dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, bizning — ichida suhbatlashadigan — majlislarimizga (oʻtirishlarimizga) ilojsiz (ehtiyoj bor)» dedilar. (U zot:) «Agar majlisdan boshqaga koʻnmasangiz, yoʻlga oʻz haqini beringlar» dedilar. Ular: «Yoʻlning haqi nima, yo Rasululloh?» dedilar. (U zot:) «Koʻzni (haromdan) yummoq, ozor (yetkazish)dan tiyilmoq, salomga alik olmoq, maʼrufga buyurib, munkardan qaytarmoqdir» dedilar.