حَدَّثَنَا عَلِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ بْنِ أَبِي يَزِيدَ، عَنْ نَافِعِ بْنِ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، خَرَجَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي طَائِفَةِ النَّهَارِ لاَ يُكَلِّمُنِي وَلاَ أُكَلِّمُهُ، حَتَّى أَتَى سُوقَ بَنِي قَيْنُقَاعٍ، فَجَلَسَ بِفِنَاءِ بَيْتِ فَاطِمَةَ، فَقَالَ: أَثَمَّ لُكَعٌ؟ أَثَمَّ لُكَعٌ؟ فَحَبَستْهُ شَيْئًا، فَظَنَنْتُ أَنَّهَا تُلْبِسُهُ سِخَابًا أَوْ تُغَسِّلُهُ، فَجَاءَ يَشْتَدُّ حَتَّى عَانَقَهُ وَقَبَّلَهُ، وَقَالَ: اللَّهُمَّ أَحْبِبْهُ، وَأَحْبِبْ مَنْ يُحِبُّهُ.
Abu Hurayra ad-Davsiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Paygʻambar ﷺ kunduzi (uydan) chiqdilar. U zot men bilan gaplashmadi, men ham u zot bilan gaplashmadim — to u zot Bani Qaynuqoʼ bozoriga yetguncha. Soʻng u zot Fotimaning uyi hovlisida oʻtirdilar va kichkina bola (nabirasi Hasan) haqida soʻradilar; lekin Fotima bolani bir oz (uyda) ushlab turdi. Men — u (Fotima) yo bolaning kiyimini almashtirmoqda, yo bolani choʻmiltirmoqda, — deb oʻyladim. Bir ozdan soʻng bola yugurib chiqdi va Paygʻambar ﷺ uni quchoqlab, oʻpdilar, soʻng: «Allohim! Uni sev va uni sevgan (har) kishini (ham) sev», — dedilar.