حَدَّثَنَا حَامِدُ بْنُ عُمَرَ، عَنْ حَمَّادِ بْنِ زَيْدٍ، عَنْ لَيْثٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ قَالَ: كَانَ يَكْرَهُ أَنْ يُحِدَّ الرَّجُلُ النَّظَرَ إِلَى أَخِيهِ، أَوْ يُتْبِعَهُ بَصَرَهُ إِذَا قَامَ مِنْ عِنْدِهِ، أَوْ يَسْأَلَهُ: مِنْ أَيْنَ جِئْتَ، وَأَيْنَ تَذْهَبُ؟.
Mujohid (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U kishining nazdida bir kishining oʻz birodariga tikilib qarashi, yoki oʻrnidan turib ketganda unga koʻz tikib qarab qolishi, yoki undan: «Qayerdan kelding, qayerga ketyapsan?» deb soʻrashi makruh (yoqimsiz) sanalgan.