حَدَّثَنَا يَحْيَى، قَالَ: حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ دِينَارٍ، عَنْ أَبِي الْعَالِيَةِ قَالَ: جَلَسْتُ مَعَ ابْنِ عَبَّاسٍ عَلَى سَرِيرٍ.- حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ الْجَعْدِ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي جَمْرَةَ قَالَ: كُنْتُ أَقْعُدُ مَعَ ابْنِ عَبَّاسٍ، فَكَانَ يُقْعِدُنِي عَلَى سَرِيرِهِ، فَقَالَ لِي: أَقِمْ عِنْدِي حَتَّى أَجْعَلَ لَكَ سَهْمًا مِنْ مَالِي، فَأَقَمْتُ عِنْدَهُ شَهْرَيْنِ
Abu Jamradan rivoyat qilinadi: Men Ibn Abbos bilan oʻtirardim; u meni oʻz joyiga oʻtqazardi. U menga: ‹Mol-mulkimdan senga ulush berishim uchun men bilan birga qol›, — dedi. Shunday qilib, men u bilan ikki oy qoldim. Bir kuni u (menga) shuni soʻzlab berdi: Abdul Qays qabilasining elchilari Paygʻambar ﷺ huzuriga kelganlarida, u zot: «(Siz) qaysi qavmdansiz?» (yoki: «Qaysi elchilarsiz?») — deb soʻradilar. Ular: «Biz Rabiʼa (qabilasi)danmiz», — dedilar. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Marhabo, ey qavm! — na xorlik, na nadomat (koʻrmaysizlar)», — dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, biz sizning oldingizga faqat harom (urush taqiqlangan) oyda kela olamiz; biz bilan sizning oraliqda Muzar (qabilasi)ning kofirlari bor. Bizga biror (aniq) yaxshi (amal)ni buyuringki, biz uni ortda qoldirganlarimizga (oilamizga) yetkazaylik va (unga amal qilib) jannatga kiraylik», — dedilar. Soʻng (qaysi) ichimliklar (haqida) soʻradilar. Paygʻambar ﷺ ularni toʻrt narsaga buyurdilar va toʻrt narsadan qaytardilar. U zot ularni yolgʻiz Allohga iymon keltirishga buyurib: «Yolgʻiz Allohga iymon keltirish nima ekanini bilasizlarmi?» — dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», — dedilar. Shunda Paygʻambar ﷺ: «(Bu) — ‹Allohdan boʻlak haq maʼbud yoʻq va Muhammad Allohning Rasuli› deb guvohlik berish, namozni (toʻkis) ado etish, zakot berish, Ramazon (oyi)da roʻza tutish va oʻljadan xumus (beshdan bir)ni berishdir», — dedilar. Soʻng ularni toʻrt narsadan: hantam, dubbo, naqir va muzaffat (yoki muqayyar) — (yaʼni ichida xamr-may tayyorlanadigan idishlar)dan qaytardilar. Paygʻambar ﷺ: «Bularni yodlab olinglar va ortda qoldirganlaringizga (qavmingizga) yetkazinglar», — dedilar.