حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ يَزِيدَ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ الْمُغِيرَةِ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ هِلاَلٍ، عَنْ أَبِي رِفَاعَةَ الْعَدَوِيِّ قَالَ: انْتَهَيْتُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يَخْطُبُ، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، رَجُلٌ غَرِيبٌ جَاءَ يَسْأَلُ عَنْ دِينِهِ، لاَ يَدْرِي مَا دِينُهُ، فَأَقْبَلَ إِلَيَّ وَتَرَكَ خُطْبَتَهُ، فَأَتَى بِكُرْسِيٍّ خِلْتُ قَوَائِمَهُ حَدِيدًا، قَالَ حُمَيْدٌ: أُرَاهُ خَشَبًا أَسْوَدَ حَسَبُهُ حَدِيدًا، فَقَعَدَ عَلَيْهِ، فَجَعَلَ يُعَلِّمُنِي مِمَّا عَلَّمَهُ اللَّهُ، ثُمَّ أَتَمَّ خُطْبَتَهُ، آخِرَهَا.
Abu Rifaʼa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ xutba oʻqiyotgan paytda huzurlariga bordim va: «Ey Rasululloh, bir gʻarib kishi kelib, oʻz dini haqida soʻramoqda, u oʻz dini nima ekanini bilmaydi», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ xutbalarini toʻxtatib, menga qarab yurdilar va oldimga yetib keldilar. Soʻng bir kursi keltirildi — men uning oyoqlarini temirdan boʻlsa kerak deb oʻyladim — Rasululloh ﷺ unga oʻtirdilar va Alloh oʻzlariga oʻrgatgan narsalardan menga oʻrgata boshladilar. Soʻng xutbalariga qaytib, uni tugatdilar.