حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ، قَالَ: أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللهِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا دَاوُدُ بْنُ قَيْسٍ قَالَ: سَمِعْتُ سَعِيدًا الْمَقْبُرِيَّ يَقُولُ: مَرَرْتُ عَلَى ابْنِ عُمَرَ، وَمَعَهُ رَجُلٌ يَتَحَدَّثُ، فَقُمْتُ إِلَيْهِمَا، فَلَطَمَ فِي صَدْرِي فَقَالَ: إِذَا وَجَدْتَ اثْنَيْنِ يَتَحَدَّثَانِ فَلاَ تَقُمُّ مَعَهُمَا، وَلاَ تَجْلِسْ مَعَهُمَا، حَتَّى تَسْتَأْذِنَهُمَا، فَقُلْتُ: أَصْلَحَكَ اللَّهُ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ، إِنَّمَا رَجَوْتُ أَنْ أَسْمَعَ مِنْكُمَا خَيْرًا.
Saʼid al-Maqburiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Ibn Umarning (roziyallohu anhumo) yonidan oʻtdim, uning oldida bir kishi bor, u bilan gaplashib turardi. Men ularning oldiga bordim. Shunda u koʻkragimga urib: «Ikki kishini oʻzaro suhbatlashayotganini koʻrsang, ulardan ruxsat soʻramaguningcha ular bilan turma va ular bilan oʻtirma», dedi. Men: «Alloh ishlaringizni oʻnglasin, ey Abu Abdurrahmon, men sizlardan biror yaxshi soʻz eshitishni umid qilgan edim», dedim.