حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، قَالَ: حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ عَبْدِ اللهِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا عَطَاءُ بْنُ السَّائِبِ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، فِي قَوْلِهِ عَزَّ وَجَلَّ: {وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْتَرِي لَهْوَ الْحَدِيثِ}، قَالَ: الْغِنَاءُ وَأَشْبَاهُهُ.
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Alloh azza va jallaning: {Namozingda (qiroatni) baland ovozda oʻqima va uni (juda) past ovozda ham oʻqima} (Isro 110) degan soʻzi haqida (soʻradi). U dedi: Bu (oyat) Rasululloh ﷺ Makkada (mushriklardan) yashirinib yurgan paytda nozil boʻlgan. U zot sahobalariga (imom boʻlib) namoz oʻqiganlarida, Qurʼonni baland ovozda oʻqir edilar. Mushriklar buni eshitsa, Qurʼonni, uni nozil qilgan Zotni va uni keltirgan kishini soʻkar edilar. Shunda Alloh taolo oʻz Nabiysi ﷺ ga: {Namozingni baland ovozda oʻqima} — yaʼni mushriklar qiroatingni eshitib qolmasin — {va uni past ovozda ham oʻqima} — yaʼni sahobalaringdan (yashirib emas, balki) ularga Qurʼonni eshittir, lekin uni (haddan oshib) baland ovozda oʻqima, balki shu ikkisining oʻrtasida bir yoʻl tut, dedi — yaʼni baland ovoz bilan past ovozning oʻrtasida (degani).