حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلامٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ دَاوُدَ بْنِ شَابُورَ، وَأَبِي إِسْمَاعِيلَ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو، أَنَّهُ ذُبِحَتْ لَهُ شَاةٌ، فَجَعَلَ يَقُولُ لِغُلاَمِهِ: أَهْدَيْتَ لِجَارِنَا الْيَهُودِيِّ؟ أَهْدَيْتَ لِجَارِنَا الْيَهُودِيِّ؟ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: مَا زَالَ جِبْرِيلُ يُوصِينِي بِالْجَارِ حَتَّى ظَنَنْتُ أَنَّهُ سَيُوَرِّثُهُ.
Mujohid (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Amr uchun uy ahli orasida bir qoʻy soʻyildi. U (qaytib) kelgach: «Yahudiy qoʻshnimizga (goʻshtdan) hadya berdingizmi? Yahudiy qoʻshnimizga hadya berdingizmi? Men Rasululloh ﷺning: ‹Jibril menga qoʻshni haqida shu qadar uzluksiz tavsiya qilaverdiki, men uni merosxoʻr qilib qoʻyadi, deb oʻyladim›, deganlarini eshitganman», dedi. Abu Iso aytdi: Bu bobda Oisha, Ibn Abbos, Abu Hurayra, Anas, Miqdod ibn al-Asvad, Uqba ibn Omir, Abu Shurayh va Abu Umomadan ham (rivoyat) bor. Bu hadis bu yoʻldan hasan gʻaribdir. Bu hadis Mujohiddan, u Oisha va Abu Hurayradan, ular Nabiy ﷺdan ham rivoyat qilingan.