حَدَّثَنَا مَالِكُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ السَّلاَمِ، عَنْ لَيْثٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: لَقَدْ أَتَى عَلَيْنَا زَمَانٌ، أَوْ قَالَ: حِينٌ، وَمَا أَحَدٌ أَحَقُّ بِدِينَارِهِ وَدِرْهَمِهِ مِنْ أَخِيهِ الْمُسْلِمِ، ثُمَّ الْآنَ الدِّينَارُ وَالدِّرْهَمُ أَحَبُّ إِلَى أَحَدِنَا مِنْ أَخِيهِ الْمُسْلِمِ، سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: كَمْ مِنْ جَارٍ مُتَعَلِّقٌ بِجَارِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَقُولُ: يَا رَبِّ، هَذَا أَغْلَقَ بَابَهُ دُونِي، فَمَنَعَ مَعْرُوفَهُ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Bizga shunday zamon kelgan ediki, hech kim oʻzining dinori va dirhamiga musulmon birodaridan koʻra haqliroq emas edi. Endi esa dinoru dirham birimizga musulmon birodaridan koʻra suyukliroq boʻlib qoldi». Men Nabiy ﷺ: «Qanchadan-qancha qoʻshni Qiyomat kuni qoʻshnisiga osilib: ‹Ey Robbim, bu oʻz eshigini menga yopdi va yaxshiligini (menga koʻrsatishdan) man qildi›, deydi», deganlarini eshitdim.