حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، قَالَ: أَخْبَرَنَا مَنْصُورٌ، عَنِ الْحَسَنِ، أَنَّ يَتِيمًا كَانَ يَحْضُرُ طَعَامَ ابْنِ عُمَرَ، فَدَعَا بِطَعَامٍ ذَاتَ يَوْمٍ، فَطَلَبَ يَتِيمَهُ فَلَمْ يَجِدْهُ، فَجَاءَ بَعْدَ مَا فَرَغَ ابْنُ عُمَرَ، فَدَعَا لَهُ ابْنُ عُمَرَ بِطَعَامٍ، لَمْ يَكُنْ عِنْدَهُمْ، فَجَاءَه بِسَوِيقٍ وَعَسَلٍ، فَقَالَ: دُونَكَ هَذَا، فَوَاللَّهِ مَا غُبِنْتَ يَقُولُ الْحَسَنُ: وَابْنُ عُمَرَ وَاللَّهِ مَا غُبِنَ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Uning dasturxonida bir yetim (bola) taom yer edi. Bir kuni u taom keltirishni buyurdi va yetimni chaqirdi, ammo uni topolmadi. Yetim Ibn Umar taomni yeb boʻlgach keldi. Ibn Umar unga taom keltirishni buyurdi, biroq ularda (taom) qolmagan edi. Shunda unga saviq (quritilgan un) va asal keltirdi va: «Mana buni ol! Allohga qasamki, sen aldanmagansan (ziyon koʻrmagansan)!» dedi. Hasan (Basriy): «Allohga qasamki, Ibn Umar ham ziyon koʻrmadi», dedi.