حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَجْلاَنَ، عَنِ الْمَقْبُرِيِّ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: أَمَرَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِصَدَقَةٍ، فَقَالَ رَجُلٌ: عِنْدِي دِينَارٌ، قَالَ: أَنْفِقْهُ عَلَى نَفْسِكَ، قَالَ: عِنْدِي آخَرُ، قَالَ: أَنْفِقْهُ عَلَى زَوْجَتِكَ قَالَ: عِنْدِي آخَرُ، قَالَ: أَنْفِقْهُ عَلَى خَادِمِكَ، ثُمَّ أَنْتَ أَبْصَرُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: Paygʻambar ﷺ sadaqa qilishga buyurdilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, mening (bir) dinorim bor» — dedi. U zot: «Uni oʻzingga sarfla» — dedilar. U: «Mening yana (biri) bor» — dedi. U zot: «Uni bolangga sarfla» — dedilar. U: «Mening yana (biri) bor» — dedi. U zot: «Uni xotiningga sarfla» — dedilar, yoki «zavjangga» dedilar. U: «Mening yana (biri) bor» — dedi. U zot: «Uni xizmatkoringga sarfla» — dedilar. U: «Mening yana (biri) bor» — dedi. U zot: «(Uni nima qilishni) oʻzing yaxshiroq bilasan» — dedilar.