حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ أَبِي أُوَيْسٍ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالأَمِيرُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ، وَهُوَ مَسْؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالرَّجُلُ رَاعٍ عَلَى أَهْلِ بَيْتِهِ، وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَعَبْدُ الرَّجُلِ رَاعٍ عَلَى مَالِ سَيِّدِهِ، وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْهُ، أَلاَ كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ.
Abdulloh ibn Umar ibn Xattob (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Sizlarning misolingiz va yahudiy hamda nasroniylarning misoli — baʼzi ishchilarni yollagan bir kishining misoli(dek): u (ularga): ‹Kim men uchun tush (peshin)gacha bir qirotdan (haqi)ga ishlaydi?› — dedi. Yahudiylar bir qirotdan (haqi)ga ishni bajardi; soʻng nasroniylar asr namozigacha bir qirotdan (haqi)ga ishni bajardi; endi esa siz, musulmonlar asr namozidan to quyosh botguncha ikki qirotdan (haqi)ga ishlayapsiz. Yahudiy va nasroniylar gʻazablandi va: ‹Biz koʻproq ishlab, kamroq haq olamiz›, — dedi. Ish beruvchi (Alloh) ulardan: ‹Men sizlarning haqqingizdan biror narsani gʻasb qildimmi (oldimmi)?› — deb soʻradi. Ular ‹yoʻq› (deb javob berdi). U: ‹Bu — Mening fazlim(dir); uni xohlagan kishimga beraman›, — dedi», — dedilar.