حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، قَالَ أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّكُمْ تَقْرَءُونَ هَذِهِ الْآيَةَ {يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا عَلَيْكُمْ أَنْفُسَكُمْ لَا يَضُرُّكُمْ مَنْ ضَلَّ إِذَا اهْتَدَيْتُمْ} وَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ إِنَّ النَّاسَ إِذَا رَأَوْا الظَّالِمَ فَلَمْ يَأْخُذُوا عَلَى يَدَيْهِ أَوْشَكَ أَنْ يَعُمَّهُمْ اللَّهُ بِعِقَابِهِ.
Abu Bakr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey odamlar, siz {Ey iymon keltirganlar, oʻz jonlaringizni saqlanglar. Agar toʻgʻri yoʻlni tutgan boʻlsangiz, adashgan kishi sizga zarar yetkaza olmaydi} degan ushbu oyatni oʻqiysiz. Men Rasululloh ﷺ: ‹Albatta, odamlar zolimni koʻrib turib, uning qoʻlini ushlab qolmasalar, Alloh oʻz azobini hammasiga umumiy qilib yuborishi yaqindir›, deb aytganlarini eshitdim», dedilar.