حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ، حَدَّثَنَا لَيْثٌ، حَدَّثَنِي بُكَيْرٌ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بْنِ سَعِيدٍ الْأَنْصَارِيِّ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ هَشَشْتُ يَوْمًا فَقَبَّلْتُ وَأَنَا صَائِمٌ فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقُلْتُ صَنَعْتُ الْيَوْمَ أَمْرًا عَظِيمًا فَقَبَّلْتُ وَأَنَا صَائِمٌ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَرَأَيْتَ لَوْ تَمَضْمَضْتَ بِمَاءٍ وَأَنْتَ صَائِمٌ قُلْتُ لَا بَأْسَ بِذَلِكَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَفِيمَ.
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni koʻnglim yayrab, roʻzador holimda (ayolimni) oʻpib qoʻydim. Soʻng Nabiy ﷺning oldilariga kelib: «Bugun katta bir ish qilib qoʻydim, roʻzador holimda oʻpib qoʻydim», dedim. Rasululloh ﷺ: «Aytchi, agar roʻzador holingda suv bilan ogʻzingni chayqasang (nima boʻladi)?» dedilar. Men: «Bunda hech qanday zarar yoʻq», dedim. Rasululloh ﷺ: «Unda nimadan (xavotirdasan)?» dedilar.