حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرٍو، وَمَعْمَرٍ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَوْسِ بْنِ الْحَدَثَانِ، عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ كَانَتْ أَمْوَالُ بَنِي النَّضِيرِ مِمَّا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَى رَسُولِهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِمَّا لَمْ يُوجِفْ الْمُسْلِمُونَ عَلَيْهِ بِخَيْلٍ وَلَا رِكَابٍ فَكَانَتْ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَالِصَةً وَكَانَ يُنْفِقُ عَلَى أَهْلِهِ مِنْهَا نَفَقَةَ سَنَةٍ وَقَالَ مَرَّةً قُوتَ سَنَةٍ وَمَا بَقِيَ جَعَلَهُ فِي الْكُرَاعِ وَالسِّلَاحِ عُدَّةً فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ.
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Banu Naziyr mollari Alloh oʻz Rasuli ﷺ ga fay (oʻlja) qilib bergan narsalardan boʻlib, musulmonlar unga na ot va na tuya choptirib, hujum qilmaganlar edi. U Rasululloh ﷺ ga xolis tegishli boʻlib, u zot undan oʻz ahliga bir yillik nafaqasini sarflar edilar. — Bir marta: ‹bir yillik oziq-ovqatini›, dedi. — Qolganini esa Alloh azza va jalla yoʻlida tayyorgarlik uchun otlar va qurol-yarogʻga sarflar edilar.»