حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ يَحْيَى يَعْنِي ابْنَ سَعِيدٍ، عَنْ عُبَيْدِ بْنِ حُنَيْنٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ أَرَدْتُ أَنْ أَسْأَلَ، عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ فَمَا رَأَيْتُ مَوْضِعًا فَمَكَثْتُ سَنَتَيْنِ فَلَمَّا كُنَّا بِمَرِّ الظَّهْرَانِ وَذَهَبَ لِيَقْضِيَ حَاجَتَهُ فَجَاءَ وَقَدْ قَضَى حَاجَتَهُ فَذَهَبْتُ أَصُبُّ عَلَيْهِ مِنْ الْمَاءِ قُلْتُ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ مَنْ الْمَرْأَتَانِ اللَّتَانِ تَظَاهَرَتَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ عَائِشَةُ وَحَفْصَةُ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Umar (roziyallohu anhu)dan bir narsani soʻramoqchi edim, ammo qulay payt topmadim va ikki yil kutdim. Marruz Zahronda boʻlganimizda, u hojatini oʻtagani ketdi, soʻng hojatini oʻtab qaytdi. Men unga suv quya boshladim va: «Ey moʻminlar amiri, Rasulullohga ﷺ qarshi bir-birlariga yordamlashgan ikki ayol kimlar edi?» dedim. U: «Oisha va Hafsa (roziyallohu anhumo)», dedi. Zero Alloh taolo: {Agar (Nabiyning ikki xotini) ikkovingiz tavba qilsangizlar (bu siz uchun yaxshi boʻlur), chunki koʻngillaringiz haqdan ogʻib qolgan edi. Agar unga qarshi bir-birlaringizga yordamlashsangizlar, bas, albatta, uning yordamchisi Allohdir, Jibril va solih moʻminlar hamdir, undan keyin farishtalar ham unga yordamchidir}, degan (Tahrim 3).