حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ نُبَيْهِ بْنِ وَهْبٍ، قَالَ أَرْسَلَ عُمَرُ بْنُ عُبَيْدِ اللَّهِ إِلَى أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَيُكَحِّلُ عَيْنَيْهِ وَهُوَ مُحْرِمٌ أَوْ بِأَيِّ شَيْءٍ يُكَحِّلُهُمَا وَهُوَ مُحْرِمٌ فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ أَنْ يُضَمِّدَهُمَا بِالصَّبِرِ فَإِنِّي سَمِعْتُ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ يُحَدِّثُ ذَلِكَ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ.
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umar ibn Ubaydulloh, Abon ibn Usmonga: «Ehromdagi kishi koʻzlariga surma qoʻysa boʻladimi yoki ehromda ekan koʻziga nima suradi?» deb odam yubordi. Abon esa unga: «Koʻzlarni sabr oʻsimligi bilan bogʻlab qoʻysin», deb javob yubordi va: «Men Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning buni Rasululloh ﷺdan rivoyat qilib aytganlarini eshitganman», dedi.