حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ سَلَمَةَ بْنِ كُهَيْلٍ، قَالَ سَمِعْتُ حُجَيَّةَ بْنَ عَدِيٍّ، قَالَ سَمِعْتُ عَلِيَّ بْنَ أَبِي طَالِبٍ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ وَسَأَلَهُ رَجُلٌ عَنْ الْبَقَرَةِ، فَقَالَ عَنْ سَبْعَةٍ، وَسَأَلَهُ، عَنْ الْأَعْرَجِ، فَقَالَ إِذَا بَلَغَتْ الْمَنْسَكَ وَسُئِلَ عَنْ الْقَرَنِ، فَقَالَ لَا يَضُرُّهُ وَقَالَ عَلِيٌّ أَمَرَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ نَسْتَشْرِفَ الْعَيْنَ وَالْأُذُنَ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi undan sigir (qurbonligi) haqida soʻradi, u: «Yetti kishi nomidan», dedi. Undan oqsoq (hayvon) haqida soʻradilar, u: «Qurbonlik joyiga yetib borsa (boʻladi)», dedi. Undan shoxi (siniq hayvon) haqida soʻraldi, u: «Bunga zarari yoʻq», dedi. Ali dedi: Rasululloh ﷺ bizni koʻz va quloqni tekshirishga (sogʻlom boʻlishiga eʼtibor berishga) buyurdilar.