حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ آدَمَ، حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ حَارِثَةَ بْنِ مُضَرِّبٍ، عَنْ عَلِيٍّ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ بَعَثَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى الْيَمَنِ فَقُلْتُ إِنَّكَ تَبْعَثُنِي إِلَى قَوْمٍ وَهُمْ أَسَنُّ مِنِّي لِأَقْضِيَ بَيْنَهُمْ فَقَالَ اذْهَبْ فَإِنَّ اللَّهَ سَيَهْدِي قَلْبَكَ وَيُثَبِّتُ لِسَانَكَ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ meni Yamanga (qozilik uchun) yubordilar. Men: «Siz meni yoshi mendan kattaroq boʻlgan bir qavm oldiga, ularning orasida hukm chiqarishim uchun yuboryapsiz-ku», dedim. U zot: «Bor, Alloh yuragingga hidoyat beradi va tilingni sobit qiladi», dedilar.